Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasida fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar muhokama qilindi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani ikki yilda bir marta, agar 1 yil ishlagan bo‘lsa, ish stajini va I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish haqi miqdorini hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Qonun qabul qilinsa, 2023-yilda 1994-yildan 2022-yilgacha mehnat qilgan 75 ming nogironning pensiyasiga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shiladi, deyiladi Senatda.