Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

2022 yilda Ukraina YEIdan 19 milliard yevrodan ortiq yordam oldi

A A A
2022 yilda Ukraina YEIdan 19 milliard yevrodan ortiq yordam oldi

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning aytishicha, 2022 yilda Ukraina YEIdan harbiy yuklarni hisobga olmaganda 19 milliard yevrodan ortiq miqdorda yordam olgan.

“Harbiylar va xavfsizlik kuchlari, o‘qituvchilar va shifokorlarning maoshlarini to‘lash, pensiya to‘lash uchun Ukrainaga faqat eng asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun oyiga 3 milliard yevrodan 5 milliard yevrogacha mablag‘ kerak”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Fon der Lyayen “2022 yilda Ukraina YEIdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni hisobga olmaganda, 19 milliard yevrodan ortiq miqdorda yordam olganini” aytdi va Yevropa Ittifoqi Ukrainani oyiga 1,5 milliard yevro miqdorida moliyalashtirishga tayyorligini ma’lum qildi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich taxminan 18 milliard yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 07:26 26.10.2022. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik