Nashr ekspertlarining fikricha, gaz narxining oshishi neft eksportining oshishi bilan birga Rossiya Federasiyasining 2022-yilda 337,5 milliard dollargacha yakuniy daromad olishiga olib keladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 38 foizga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro moliya instituti (IIF) Yevropa energiya resurslari uchun ko‘proq pul to‘lay boshlagani, ammo kamroq mahsulot olganini ko‘rsatuvchi statistik ma’lumotlarni keltirgan edi.