Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

2021 yilda Moskvada patent narxi qancha bo‘lishi aytildi

2021 yilda Moskvada patent narxi qancha bo‘lishi aytildi

Moskva va Moskva viloyatida 2021 yilda patent narxi qancha bo‘lishi ochiqlandi.

Moskvada 2021 yilda patent narxi 2020 yildagi kabi 5341 rubl bo‘lishi, ya’ni o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.  Moskva viloyatida ham patent narxi o‘zgarishsiz qoladi va 5092 rublni tashkil etadi.

Sal oldin Tver viloyatida mahalliy hukumat qarori bilan 2021 yildan patent narxi ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi.

Patent uchun oylik to‘lov shu vaqtgacha 5327 rubl bo‘lgan bo‘lsa, endilikda migrantlar 5805 rubl to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Tver gubernatori Igor Rudeni boshchiligidagi Tver viloyati hukumati prezidiumi majlisida qabul qilingan qarorga ko‘ra, bu choradan ko‘zlangan maqsad mahalliy aholi bandligi darajasini oshirishdir.

RF hududlarida 2021 yilda patent narxidagi o‘zgarishlarni quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.

Kiritildi: 17:37 16.12.2020. O'qildi: 4099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!