Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

2020 yilning eng dahshatli filmi treyleri chiqdi

2020 yilning eng dahshatli filmi treyleri chiqdi

2020 yilning eng qo‘rqinchli filmi deb atalgan “Yodgorlik” (Relikviya) filmining treyleri e’lon qilindi. Ushbu kinokartinani ilk bor yanvarda, “Sandens”  kinofestivalida namoyish qilishgan edi. Xabarda aytilishicha, film ko‘plab tanqidchilarning ijobiy izohlariga sabab bo‘lgan va “2020 yilning dahshatli filmi”, deb atalgan.

Film dahshatli drama yo‘nalishida bo‘lib, prokatga AQShda 10-iyuldan chiqishi mo‘ljallanmoqda. Filmdagi voqea-hodisalar oilaviy uyda, demensiyaga duchor bo‘lgan kampir haqida. Ayol qizi bilan aqli zaiflikdan aziyat chekuvchi onasini qidirishga tushadi, ammo qanchalik urinmasin uni hech qayerdan topolmaydi.

Kunlardan bir kun ayolning o‘zi qizining uyini topib keladi. Mana shu kundan boshlab u bilan qandaydir g‘alati, g‘ayrioddiy hodisalar ro‘y bera boshlaydi. U “o‘zga dunyodan” qaytib keladi, ammo ona qizining oilasiga bir o‘zi qaytmagan bo‘ladi.

“Yodgorlik” rejissyor Natali Erika Jeymsning ilk debyuti. Kartinaning prodyuseri Jeyk Jillenxol.

Filmda Emili Mortimer, Bella Xitkot, Robin Nevin kabi aktyorlardan iborat ijodiy guruh ishtirok etgan.

 

Kiritildi: 06:30 29.05.2020. O'qildi: 4047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!