2020 yilning 11 oyida hududlar bo‘yicha eng ko‘p Surxondaryo viloyatida 3781 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 1 dekabr holatiga, respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 16 540 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 601 taga ko‘paygan. O‘sish sur’ati 38,5 foizga oshgan.
Eng ko‘p yangi oilaviy korxonalar tashkil etilgan hududlar:
Surxondaryo viloyati – 3781 ta
Samarqand viloyati – 2486 ta
Farg‘ona viloyati – 1432 ta
Andijon viloyati – 1373 ta
Xorazm viloyati – 1272 ta
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat – 5299 ta
Savdo – 5178 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3260 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1715 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 117 ta