Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2020 yilda boshlab WhatsApp messenjeri ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

2020 yilda boshlab WhatsApp messenjeri ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

2020 yil 1 fevraldan boshlab WhatsApp eskirgan operasion tizimlardagi messenjerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda messenjer dasturchilari o‘z blogida ma’lum qildi.

O‘zgarishlar Android va iOS qurilmalariga tegishli, xususan, messenjer Android 2.3.x (Gingerbread) hamda 2014 yilgi iOS 8’da ishlashdan to‘xtaydi.

Bu turdagi operasion tizimda ishlaydigan qurilmalardan foydalanuvchilarga o‘z operasion tizimini yangisiga o‘zgartirish taklif etiladi. Android 2.3.x va iOS 8’da ishlaydian smartfonlarda yangi akkaunt yaratish yoki mavjud akkauntlarni verifikasiyadan o‘tkazishning imkoni yo‘qoladi.

Shuningdek, dasturchilar Windows Phone’ning barcha versiyalari joriy yilning 31 dekabridan boshlab qo‘llab-quvvatlanmasligini bildirgan.

WhatsApp — ma’lumot almashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng mashhur messenjerlardan biri. 2018 yilning fevralidagi ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerdan 1,5 milliard odam foydalangan.

Kiritildi: 12:20 01.10.2019. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!