Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

2019 yilda qaysi sohaga qancha mablag‘ ajratiladi? Davlat byudjetining yarmidan ko‘pi bir sohaga qaratildi

2019 yilda qaysi sohaga qancha mablag‘ ajratiladi? Davlat byudjetining yarmidan ko‘pi bir sohaga qaratildi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqqani haqida xabar bergan edik.
 
2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 107,1 trln so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi.
 
2019 yil Davlat byudjeti quyidagicha taqsimlangan:
 
Ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizini;
 
Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4 trln so‘m, umumiy ta’limga 17,1 trln so‘m, kadrlar tayyorlashga 3,8 trln so‘m;
 
Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga 12,1 trln so‘m ;
 
Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trln so‘m
 
Ilm-fanga 0,8 trln so‘m;
 
Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensasiya to‘lovlari uchun 5 267,2 mlrd so‘m;
 
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trln so‘m ajratiladi.
 
Manba: qalampir.com
 
Kiritildi: 23:52 17.11.2018. O'qildi: 1488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!