Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

2019 yilda benzin ishlab chiqarish qisqartirilganmi?

2019 yilda benzin ishlab chiqarish qisqartirilganmi?

2019 yilning yanvar—dekabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2018 yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2018 yilning shu davrida 1 147,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 1 025,1 ming tonnani tashkil etgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 1 080,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda — 1 030,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar—dekabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi — 698,6 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar—dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

Shuningdek, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).

Kiritildi: 12:27 24.01.2020. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!