Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

2019 yil Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi

2019 yil Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi

Tatariston poytaxtida O‘zbekiston bosh konsulligi kelgusi yilning avvalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda mamlakatning Qozondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev ma’lum qildi U bu lavozimga joriy yilning oktyabr oyi oxirida tayinlangan, deya xabar berdi Kun.uz Qozon OAVga tayanib.

Kecha, 16 noyabr kuni, Qozonda O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishi sifatida taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ittifoqdosh davlat elchixonasidan turistik loyiha koordinatori Alisher Usmonov «KP-Kazan» muxbiriga tayyorgarlik haqida gapirib berdi: «Hozircha aniq sana yo‘q. Ochilishga tayyorgarlik boshlandi, yaqin vaqt ichida joy tanlanadi. Hammasi qisqa muddatlarda bo‘ladi. Masalan, Yekaterinburgdagi bosh konsullik ochilishi haqida men atigi bir necha kun oldin bildim».

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning avgustida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Qozon shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish taklifini ko‘rib chiqdi. O‘shanda Tatariston hukumatiga buning uchun xizmat va uy-joy binolarini ajratish tavsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagandi.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 20:47 17.11.2018. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!