Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

20 yil ichida Putinning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?

20 yil ichida Putinning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?

"Moskovskiy komsomoles" jurnalistlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘nggi o‘n yilliklardagi kiyim uslubidagi o‘zgarishlarni tahlil qilishdi. Ularning kuzatuvlari Kremlning Putin fotoalbomidan olingan kadrlar asosida “Putin. 20 yil” ko‘rgazmasi nashrning veb-saytida e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2000-yillarda Putin eng kamtarona narsalarni tanlagan: faqat kulrang galstuk taqqan va juda katta kostyum kiygan. Biroq liboslarining ranglar palitrasi hozirgi paytdagiga qaraganda ko‘proq xilma-xil bo‘lgan. Faoliyatining boshlarida bir necha bor jigarrang kostyumda paydo bo‘lgan prezident endilikda quyuq ko‘k va qora ranglarni afzal ko‘rmoqda.

Shuningdek, Putin harbiy kamuflyajda ham o‘zini juda qulay his qiladi. Ushbu kiyimda u nafaqat Mudofaa vazirligining tadbirlarida, balki norasmiy uchrashuvlar hamda ta’tilda ham namoyon bo‘lgan.

Rossiya etakchisining garderobidagi eng sevimli kiyimlardan biri "qora polo" futbolka bo‘lib, uni xuddi shu rangdagi ko‘ylagi bilan kiyishni yaxshi ko‘radi.

Sovuq mavsumda davlat rahbari mo‘ynali qora yoki qizil rangdagi palto yoki kurtka kiyishni afzal ko‘radi. Qishning dastlabki oylarida esa ochiq rangli kardiganlarni tanlaydi.

Kiritildi: 22:34 26.03.2020. O'qildi: 3360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!