Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

2 million so‘m puli bor sumkani yulib qochgan talonchi ushlandi

2 million so‘m puli bor sumkani yulib qochgan talonchi ushlandi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 2018 yil 7 noyabr kuni noma’lum shaxs “Gulbog‘” MFY hududida B.T.ning qo‘lidan ichida 2 million so‘m puli bo‘lgan sumkasini yulib qochgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Farovon” MFYda yashovchi N.YO. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 11:40 10.11.2018. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!