Rossiya Ukraina asirligidan 193 nafar harbiy xizmatchisini qaytarib oldi, evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining 193 nafar harbiy asiri Kiyevga topshirildi, deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, AQSh va BAA asirlar almashinuvida vositachilik qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan “193 ga 193” formatida asirlar almashinuvi amalga oshirilganini tasdiqladi.
Hozirda rossiyalik harbiylar Belarus hududida bo‘lib turishibdi, yaqin vaqt ichida ular vataniga olib kelinadi.