Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Assambleya doirasida tashkil etilgan “Eco Expo Central Asia–2026” ko‘rgazmasida “yashil” iqtisodiyot va ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 80 million dollarlik grantlar hamda 520 million dollardan ortiq investisiyalar jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.