Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

+18. Yigit odamlarning ko‘z o‘ngida sevgilisining ustiga benzin qo‘yib, yoqib yubordi (video)

+18. Yigit odamlarning ko‘z o‘ngida sevgilisining ustiga benzin qo‘yib, yoqib yubordi (video)

Ushbu dahshatli voqea 2 iyul kuni Ukrainada sodir bo‘ldi. Guvohlar bu fojiani videoga olishgan.

Xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli Vitaliy CH. 22 yoshli sevgan qizining ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgan. Yigit bu ishni odamlarning ko‘z o‘ngida amalga oshirgan. Achinarlisi, guvohlarning aksariyati qizning yonishini videoga olish bilan band bo‘lgan. Ayrimlar yordamga shoshilishgan. Qiz 90 foiz kuyish bilan kasalxonaga yotqizilgan, deb yozadi TSN.

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning sababi rashk bo‘lgan. Qizning dugonalari yigitning juda rashkchi ekanligi, qizni hatto bo‘yanishga ham qo‘ymasligini aytishgan.

Yigit sudda yig‘ladi, qizni yoqib yubormoqchi emasligini, uni shunchaki qo‘rqitib qo‘ymoqchi ekanligini ta’kidladi. Ayni damda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Kiritildi: 17:58 05.07.2019. O'qildi: 9375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!