Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

18 sentyabrdan Buxoroda yana 10 ta maktab ochiladi

18 sentyabrdan Buxoroda yana 10 ta maktab ochiladi

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilardan olingan test natijalari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, umumta’lim maktablari bosqichma-bosqich an’anaviy ta’lim shakliga o‘tmoqda. 18 sentyabr kuni Buxoro viloyatining quyidagi yana 10 ta  umumta’lim maktabi faoliyat boshlaydi:

Kogon tumanidagi 7-, 18- umumta’lim maktablari

Buxoro tumanidagi 35-, 36-umumta’lim maktablari;

Vobkent tumanidagi 33-umumta’lim maktabi;

Peshku tumanidagi 6- umumta’lim maktabi

G‘ijduvon tumanidagi 13-, 20-, 24-, 25-umumta’lim maktablari o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oladi.

Ayni paytda an’anaviy tarzda faoliyat boshlagan ta’lim muassasalariga faqat 1-4-sinf o‘quvchilari jalb etilmoqda.

Ro‘yxatga kiritilmagan maktablarga vaziyatga ko‘ra, bosqichma-bosqich o‘z faoliyatini boshlashiga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 07:37 18.09.2020. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!