Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

+18. Boshqirdistonda erkak 11 yil davomida 4 nafar qizini zo‘rlab kelgan. O‘gay qizi farzand ham ko‘rgan

+18. Boshqirdistonda erkak 11 yil davomida 4 nafar qizini zo‘rlab kelgan. O‘gay qizi farzand ham ko‘rgan

Boshqirdistonda o‘gay qizi va uch qizini 11 yil davomida zo‘rlagan erkak sudlandi, deb xabar beradi "Bashkortostan".

Tergov natijasida aniqlanishicha, erkak 2009 yildan 2020 yilgacha 4 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan o‘gay qizi va qizlariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

2018 yilda o‘gay qiz homilador bo‘lib, farzand dunyoga keltirgan. 2020 yil dekabr oyida jabrlanuvchilar prokuraturaga murojaat qilganidan so‘ng erkakning qilmishlari ma’lum bo‘ldi.

Sud sudlanuvchini 17 yilu 6 oyga qattiq rejimdagi qamoq jazosiga hukm qildi. Hukm hali kuchga kirmagan.

Kiritildi: 19:37 21.01.2022. O'qildi: 7397 marta. Fikrlar soni: 17 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!