Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.

Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

1 maydan boshlab, konsert-tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazmaslik kabi qator cheklovlar belgilandi.

Kiritildi: 11:15 17.04.2021. O'qildi: 5007 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!