Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

18—20 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

A A A
18—20 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 18—20 dekabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 18—19 dekabr kunlari ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 18—19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 18 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19—20 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 18 dekabrda 10-15 daraja iliq, 19 dekabrda 8-13 daraja iliq, 20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 18 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 19 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20 dekabrda ba’zi joylarda qor yo‘g‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 18:17 16.12.2023. O'qildi: 23151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!