Olti oylik natijalar tahlilida ayrim hududlarda sanoat o‘sishi va eksport ko‘rsatkichlari pasaygani qayd etildi.
Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi prognozdagi 5,7 foiz o‘rniga 1,8 foizni tashkil etgan. G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham o‘sish sur’ati tushgan.
Eksport bo‘yicha Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemir hududlarida ishlar susaygani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi. Agar 9 oy yakuniga qadar natija bo‘lmasa, viloyat hokimlari o‘rinbosarlariga nisbatan ham chora ko‘riladi.