Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

16 metrli akulaning tishi topildi

A A A
16 metrli akulaning tishi topildi

Angliyalik olimlar uzoq vaqt o‘tmishda yashagan ajoyib akula — megalodon qoldiqlarini topishdi. Eng so‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, akulaning uzunligi 16 metrga, og‘irligi esa 47 tonnadan ziyodroqqa teng bo‘lgan. Tishning yoshi uch million yilni tashkil etmoqda.

Tish arxeolog Toni Geys tomonidan Klakton sohilidan aniqlandi. Erkak topilmani qo‘lga kiritgan zahoti uning nimaligini tushunib yetgan edi. Vaholanki, bu tish hozirda eng katta yirtqich sifatida tanilgan Oq akulaning tishidan 3 barobar katta edi.

Toni 65 yildan buyon qadimiy jonzotlarning qoldiqlarini topish maqsadida playj atrofida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kiritildi: 04:15 23.07.2018. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik