Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

16 maydan Germaniya chempionati qayta tiklanadi

16 maydan Germaniya chempionati qayta tiklanadi

Germaniya may oyining ikkinchi yarmida futbol bo‘yicha asosiy chempionat hisoblangan Bundesliga o‘yinlarini yakuniga yetkazib qo‘yishni rejalashtirmoqda.

“Mayning ikkinchi yarmida gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda o‘yinlarni o‘tkazish mumkin”, — deya e’lon qildi Germaniya kansleri Angela Merkel chorshanba kuni FRG federal yerlari hukumatlari bilan maslahatlashuvlar yakunida.

Merkel xonim bu haqda Germaniya koronavirus pandemiyasining birinchi bosqichidan o‘tib bo‘lganini e’lon qilganidan so‘ng ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, Germaniya hozirda kasallik holatlari soni bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda. Mamlakatda 168,1 ming kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingan bo‘lib, ularning qariyb 140 ming nafari sog‘aygan.

Avvalroq Germaniya Mehnat vazirligi bir qator shartlar bilan futbol chempionatini qayta tiklashni taklif qilgan edi. Jumladan, professional futbol jamoalari futbolchilari niqoblarda o‘ynashlari kerak. Bunda gap oddiy kundalik niqoblar emas, balki tibbiy standartlarga asoslangan maxsus niqoblar haqida ketmoqda. Ular burun va og‘izni himoya qilishi shart. Niqoblar o‘yin vaqtida tushib ketmasligi, o‘yinchilar esa ularga teginmasligi kerak.

Mart oyida pandemiya tufayli Germaniya chempionati to‘xtatilguniga qadar Myunxenning “Bavariya”, Dortmundning “Borussiya” va “RB Leypsig” peshqadamlik qilayotgan edi. Chempionatning to‘qqiz tur uchrashuvlari qayd etilmagan.

Shuningdek, Angliya va Italiya klublari ham mamlakat turnirlarini yakunlamoqchi.

Fransiyada esa chempionat muddatidan oldin yakunlandi, aprel oyining oxirida yetakchi bo‘lgan Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoasi chempion deb tan olindi, deya qayd etdi TASS.

Kiritildi: 05:45 08.05.2020. O'qildi: 2401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!