Vetnamda maktab imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida maktab o‘quvchisi qonli terga botdi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar bermoqda.
11 yoshli qizdagi bunday belgilar birinchi marta emas. Bu birinchi marta sodir bo‘lganida shifokorlar unda teri infeksiyasini aniqlagandilar, ammo belgilangan davo yordam bermadi.
Bu safar mutaxassislar qonli terning kuchli stress, qo‘rquv va hayajonli davrda paydo bo‘lishini va kamdan-kam kasallik — gematidrozning kelib chiqqanligini aniqladilar.
Ushbu kasallik 10 million kishidan biriga ta’sir qiladi. Gematidroz hollari juda kam uchraganligi bois olimlar bu kasallik mexanizmini o‘rgana olishmayapti. Aytish joizki, xastalik umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qilmaydi.