2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mln nafarga yoki 47,4 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
➖ Qirg‘iz Respublikasi – 3 mln nafar;
➖ Qozog‘iston – 2,5 mln nafar;
➖ Tojikiston – 2,5 mln nafar;
➖ Rossiya – 923,8 ming nafar;
➖ Afg‘oniston – 429,4 ming nafar;
➖ Turkmaniston – 341,4 ming nafar;
➖ Xitoy – 250,5 ming nafar;
➖ Turkiya – 161,9 ming nafar;
➖ Hindiston – 73,4 ming nafar;
➖ Koreya Respublikasi – 44,1 ming nafar.