Joriy yilning 11 dekabr kuni O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 11 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
11 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
11 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
11-12 dekabrda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zija 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zija 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.