Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

10 yil va undan ko‘proqqa yosh ko‘rinish uchun qanday kiyinish kerak?

10 yil va undan ko‘proqqa yosh ko‘rinish uchun qanday kiyinish kerak?

Nafaqat yuzidagi ajinlari, balki noto‘g‘ri tanlangan libosi va kiyinish uslubi ham ayol kishining yoshi katta ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.

To‘g‘ri print tanlang

Turli mayda egri chiziqlardan iborat kiyimlar obrazning konservativ va yosh bolalarnikidek ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Geometrik naqsh va chiziqlar esa sizni jiddiy, qomatning ixchamroq ko‘rinishiga hissa qo‘shadi.

Elastik belbog‘li shim kiying

Metabolizmning yomonlashgani va boshqa bir qancha sabablar tufayli yosh o‘tishi sayin vazn tobora ortib boradi. Jinsi va boshqa tor shimlar esa qorin hamda oyoqlarni qisib, noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shu sabab ham stilistlar tepa qismi elastik modellarga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.

Kalta turadigan shimlarni tanlashdan cho‘chimang. Bunday modellar oyoqlarni uzun, obrazni esa o‘ziga xos ko‘rsatadi.

Ranglarni to‘g‘ri tanlang

40 yoki 50 yoshdan keyin yorqin kiyinib bo‘lmaydi, deb kim aytdi? Yorqin va och ranglar kishini quvnoq, faol, energiyaga to‘la hamda yoshroq ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Kiyim borasida bunday tanlov qilishdan cho‘chisangiz, yorqin aksessuarlarga e’tibor qarating.

Qora rangdan voz keching

Qora rang nafaqat bashanglik ramzi, balki yoshi katta ayollarning uniformasiga ham aylanib bo‘lgan. Uning o‘rniga kul rang yoki jigarrang libos kiyish tavsiya qilinadi.

Haddan ortiq odmi kiyinmang

E’tibor jalb qiladigan yoshga mos bo‘lmagan yoki haddan ortiq sipo kiyinish yaramaydi. Yaxshisi, etak qismi biroz assimetrik yoki kengroq modellarga e’tibor qarating.

Tepa qismi noodatiy modellardan tanlang

Elka va bo‘yin qismi biroz ochiq libos hamda bluzkalarga e’tibor qarating. Ammo haddan ortiq tor va yopishib turmasligi kerak.

Aksessuarlar taqishni haddan ortiq oshirib yubormang

Yoshroq ko‘rinishni istasangiz, minimal uslubda kiyinishga harakat qiling. Bo‘yinga marjon, qo‘lga bilakuzuk va ziraklarni bir obrazda mujassam qila ko‘rmang.

Kiritildi: 10:05 09.04.2021. O'qildi: 3339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!