Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

1 oy avval yo‘qolgan professor o‘lik holda topildi

A A A
1 oy avval yo‘qolgan professor o‘lik holda topildi

Olmaota viloyatida bir oy avval yo‘qolib qolgan Qozog‘iston milliy agrar universiteti professori o‘ldirilgan holda topildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Viloyat polisiyasi professorning yo‘qolishiga aloqadorlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olgan. U erkakning qayerga ko‘mib yuborilganini ko‘rsatgan.

“Erkakning bedarak yo‘qolgani to‘g‘risidagi ariza Qorasaroy tumani IIBga 21 avgust kuni kelib tushgandi. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida polisiya xodimlari uning yo‘qolishiga aloqadorlikda gumonlangan mahalli fuqaroni qo‘lga oldilar. Olib borilgan tergov harakatlari davomida gumonlanuvchi qidirilayotgan erkak jasadi ko‘milgan joyni ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99-moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Manba; qalampir.com

Kiritildi: 21:01 24.09.2018. O'qildi: 3167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik