Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish instituti xarid chekini Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslarga 1 foiz keshbek qaytarish amaliyotini to‘xtatishni taklif qildi.
Bu yo‘nalishdagi byudjet xarajatlari yildan yilga oshayotganiga qaramay (joriy yilda 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin), keshbek mexanizmining samarasi pasayib borayotgani aytilmoqda.
Keshbek o‘rniga, faqat yashirin iqtisodiyot xavfi yuqori sohalardan olingan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganlar orasida lotereya o‘tkazish taklif qilinyapti.