Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

1 avgust test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida DTM saytida e’lon qilinadi

A A A
1 avgust test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida DTM saytida e’lon qilinadi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni 1 avgustda o‘tkazildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida xabar berishicha, test sinovlarining birinchi kuni respublikadagi 23ta oliy ta’lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boshlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00dan boshlanib, 18:30ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi, abituriyentlar uchun barcha auditoriyalarda ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

Yozning chillasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 shaxsiy tarkib xodimi, 1206ta aloqa vositalari, 694ta metallodetektorlar, 289ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 434 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi. 

Barcha hududlarda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va daxlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi. 

1 avgust test natijalari 2 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Respublikada test sinovlari 1-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan

Manba: kun.uz

Kiritildi: 08:16 02.08.2018. O'qildi: 1963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!