1 apreldan boshlab eskrou tizimi orqali bitimlar uchun komissiyalar joriy etiladi:
➖ ko‘chmas mulk bo‘yicha — 206 000 so‘mgacha (BHMning 50%);
➖ avtotransport bo‘yicha — 103 000 so‘mgacha (BHMning 25%).
Agar xaridor va sotuvchi bitta bankda bo‘lsa — komissiya bir marta olinadi, turli banklarda bo‘lsa — har biri yarmidan oshmagan qismni oladi.
❌ Bitim bekor qilinsa — mablag‘ to‘liq xaridorga qaytariladi.
Ushbu cheklovlar faqat davlat ulushi bor banklarda amal qiladi, qolgan banklarda komissiyalar ichki tarifga qarab belgilanadi.