Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 16 kishini afv etdi. Ular orasida «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlar ham bor. Bu haqda BelTA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Avf etilganlar orasida sakkiz nafar ayol va sakkiz nafar erkak bor. Ulardan uch nafari 50 yoshdan oshgan, bir nafari nogiron. Ularning ismlari oshkor etilmagan.