Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Gennadiy Golovkin World Boxing tashkiloti prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etadi.
Bu haqda qozog‘istonlik sport jurnalisti Ualixan Kosanbay ma’lum qildi.
"Hozirda World Boxing'ga niderlandiyalik Boris van der Vorst rahbarlik qilyapti, lekin u bu lavozimda qoladimi yoki yo‘q — noma’lum. 2 sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tashkilot Kongressi o‘tkaziladi. Tadbir davomida Prezidentlik saylovi ham tashkil etiladi. Menda o‘sha saylovlarda Gennadiy Golovkin ham qatnashishi bo‘yicha ma’lumotlar bor", deydi Kosanbay.
Ma’lumot uchun, ayni damda Golovkin World Boxing Olimpiya komissiyasi a’zosi hisoblanadi.