Dunyodagi eng yomon hidli gul bir necha yilda bir marta gullaydi va bu jarayon bir necha kun davom etadi, deb yozadi DW.
Titanik amorfofallus gulining chiriyotgan hidi chirigan tuxum va baliqlarni eslatadi. U bir necha yilda bir marta, taxminan 72 soat davomida gullaydi. Uning yana qachon gullashini oldindan aytish deyarli mumkin emas.
Indoneziyaning Sumatra orolida tug‘ilgan fallik shaklidagi tropik o‘simlik dunyodagi eng katta gul boshiga ega bo‘lib, balandligi 3 metrgacha etadi.
Gulning gullashi 3 iyul kuni yakunlanishi kutilmoqda. Berlin botanika bog‘iga tashrif buyurib, bu gulni ko‘rish, hidlash va his qilish mumkin.