Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Sadir Japarov Moskvada Putin bilan uchrashdi

Sadir Japarov Moskvada Putin bilan uchrashdi

Rossiyaga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti Kremlda kutib olindi.

Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda Japarov ikki davlat orasidagi munosabatlarda to‘liq o‘zaro tushunish va ishonch mavjud ekani va hech qanday siyosiy kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar yo‘qligini ta’kidladi.

Putin Japarovga Qirg‘izistonda rus tiliga alohida maqom berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. “Bu qator sohalarda, jumladan, iqtisodiy sohada ham samarali ishlash imkonini bermoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.

Kiritildi: 21:35 02.07.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!