Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Suvaysh ko‘rfazida barja ag‘darilib ketdi

A A A
Suvaysh ko‘rfazida barja ag‘darilib ketdi

Misr neft vazirligiga Offshore Shukheir Oil Company (Osoco) neft-gaz kompaniyasidan Suvaysh ko‘rfazida barja ag‘darilib ketgani haqida xabar keldi, deya xabar beradi Reuters.

Vazirlikning ta’kidlashicha, «Adam Marine 12» Misrning eng muhim savdo arteriyasi bo‘lgan Suvaysh kanalidan 300 km janubda, Qizil dengizning Gabal al-Zeyt (Gabal El-Zeit) hududida joylashgan. Bu hudud Qizil dengizdagi asosiy neft qazib olish joylaridan biri hisoblanadi. Voqea kanaldagi navigasiyaga ta’sir qilishi kutilmayapti.

Manbalarga ko‘ra, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, olti kishi bedarak yo‘qolgan va 21 kishi qutqarilgan.

Kechqurun yangi manzilga ketayotganda kema ag‘darilib ketgan.

Kiritildi: 20:45 02.07.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!