Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyada kuchli jaziramadan ikki kishi vafot etdi

Fransiyada kuchli jaziramadan ikki kishi vafot etdi

Fransiyada Yevropa qismi hududining deyarli barchasini qamrab olgan kuchli issiqlik tufayli ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Fransiyaning Ekologik o‘tish masalalari bo‘yicha vaziri Anyes PanYE-Ryunashe Parijda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Qattiq issiqlik tufayli sog‘lig‘ining yomonlashishi bilan bevosita bog‘liq ikki o‘lim holati qayd etildi”, – dedi u.

Yana 300 nafardan ortiq insonga qutqaruvchilarning shoshilinch yordami zarur bo‘lgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning iyuni Fransiyada ob-havo kuzatuvlari tarixi bo‘yicha eng issiq oylardan biri bo‘ldi — faqat 2003 yilda o‘rtacha harorat bundan yuqori bo‘lgan.

1 iyul kuni kuzatilgan issiqlik to‘lqiniga to‘xtalar ekan, u bu meteorologik holatning eng yuqori nuqtasi ortda qolganini qayd etdi. Yaqin kunlarda mamlakatning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy hududlaridan boshlab harorat pasayishi kutilmoqda.

30 iyun kuni Fransiyaning milliy meteorologiya xizmati — Meteo France juda yuqori harorat tufayli mamlakatning Yevropa qismida joylashgan 16 ta departamentda, jumladan Parijda ham 1 iyul kuni ob-havo bo‘yicha eng yuqori xavf darajasini joriy etganini e’lon qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi kommunalarda harorat 41 darajagacha yetgan, Parijda esa maksimal harorat 39 darajani tashkil etgan.

Kiritildi: 20:35 02.07.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!