AQSh tomonidan Ukrainaga muhim o‘q-dorilar yetkazib berishning to‘xtatilishi “Vashington urushdan chiqayotganidan” darak beradi, deb yozmoqda The New York Times.
"AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas", — dedi Ukraina Oliy Radasi deputati, mudofaa qo‘mitasi a’zosi Solomiya Bobrovskaya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugab bormoqda va bu holat Kiyev mudofaasini ancha qiyinlashtiradi, chunki Ukrainada mavjud Patriot tizimlarining aksariyati aynan Kiyevda joylashgan.
"Bu juda katta va jiddiy muammo. Biz qurol topamiz, ammo bu ancha qiyin bo‘ladi. Ungacha esv ancha ko‘p odam halok bo‘lishi mumkin", — dedi Kiyev atrofida dronlarga qarshi kurash bo‘linmasi qo‘mondoni Oleg Voroshilovskiy.