Ukraina maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, KXDR yaqin oylarda Rossiyaga 25–30 minggacha harbiy yuborishni rejalashtirmoqda. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina hududidagi janglarda qatnashishi mumkin. Kiyev bu harakatni Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning yangi bosqichi, deb baholamoqda.