Turkiyada kana tufayli 12 gektar o‘rmonga o‘t qo‘ygan erkak hibsga olindi.
Turkiyaning Manisa viloyati sudi kanani yo‘q qilishga urinib, 12 gektar o‘rmonga o‘t qo‘ygan shaxsni hibsga oldi, deb xabar bermoqda CNN Türk telekanali.
O‘t o‘chiruvchilar seshanba kuni to‘qqizta joydagi o‘rmon yong‘inini o‘chirishda davom etmoqda. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli avvalroq mamlakatda besh kun ichida 340 dan ortiq yong‘in qayd etilganini ma’lum qildi.
“Manisadagi yong‘in allaqachon 12 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonlarni vayron qilgan. Jandarm kuchlari yong‘in sabablarini o‘rganib, O‘zjan Tashxanni qo‘lga oldi va yong‘inga uning aybdor ekanligini aniqladi. Tashxan so‘roq paytida yostiqdan kana topib olgach, yostiqni yoqib yuborganini va uni boqqa uloqtirganini aytdi”, deya xabar beradi Tashxan.
Odatda Turkiyaning shimoliy viloyatlari aholisi har yili kana bilan jabrlanishadi, biroq bu yil issiq tufayli Istanbul va Antaliyada kana paydo bo‘ldi. Sivas viloyatida yil boshidan buyon 10 kishi kana chaqishi tufayli Qrim-Kongo gemorragik isitmasi infeksiyasini yutirishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi ria.ru.