Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yirik aviakompaniya hakerlar hujumiga uchradi

Yirik aviakompaniya hakerlar hujumiga uchradi

Hakerlar Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasining olti million mijozi maxfiy ma’lumotlari saqlanadigan tizimni buzib kirdi.

«2025 yilning 30 iyunida Qantas aviakompaniyasi koll-markazi foydalanadigan chet platformada shubhali faollikni aniqladik. Shundan so‘ng darhol himoya choralarini ko‘rdik»,deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Qantas ma’lumotiga ko‘ra, tizimda nomlar, uy manzillari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari, tug‘ilgan kunlar va loyallik (sodiqlik) dasturi bo‘yicha raqamlar ma’lumotlari saqlangan. Shuning barobarida, to‘lovlar ma’lumotlari va hujjatlar haqidagi axborotlar daxlsiz qolgan.

Kompaniya ishontirishicha, hodisa Qantas faoliyatiga va parvozlar xavfsizligiga ta’sir qilmagan.

«Mijozlarimizdan chin qalbdan kechirim so‘raymiz», — dedi aviakompaniya rahbari Vanessa Hadson.

Kiritildi: 16:42 02.07.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!