Kiyevning frontda muvaffaqiyatsizlikka uchragani va AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani tinchlik tashabbusini Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qo‘liga topshirdi. Bu haqda Responsible Statecraft nashri yozmoqda.
"Ukrainaning ko‘plab muvaffaqiyatsizliklari va Qo‘shma Shtatlarning qiziqishi kamayib borayotgani tinchlik o‘rnatish qarori ko‘p jihatdan Putinga bog‘liqligini ko‘rsatadi", — deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqola muallifi Ukraina Qurolli kuchlarida harbiy texnika keskin tanqisligini qayd etib, urushning davom etishi Kiyevning jang maydonidagi yoki muzokaralardagi mavqeini yaxshilashi dargumon ekanini qo‘shimcha qilgan.
Seshanba kuni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov keyingi qadam Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi sanasini kelishib olish ekanligini aytdi. Shuningdek, u Moskva muzokaralar jarayonini kechiktirishdan manfaatdor emasligini qo‘shimcha qildi.