Polshada noqonuniy muhojirlarni to‘lov evaziga o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan Ukraina fuqarolarining jinoiy guruhi yo‘q qilindi. Bu haqda Polshaning RMF FM M radiostansiyasi xabar bermoqda.
"Polsha va Latviyada to‘lov evaziga muhojirlarni zo‘ravonlik bilan o‘g‘irlashda gumon qilingan xalqaro jinoiy guruh Polisiya Markaziy tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘q qilindi", — deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, to‘rt kishi odam o‘g‘irlaganlik, shuningdek, chegarani noqonuniy kesib o‘tganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi qonuniy ravishda Polshada bo‘lgan. Hibsga olinganlar orasida 40 va 20 yoshli ikki ayol ham bor.
RMF FM xabariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari "Belarus orqali Yevropa Ittifoqiga kirgan muhojirlarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullangan".