Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Somalida AQSh harbiylariga tegishli bo‘lgan vertolyot portlab ketdi, qurbonlar bor

Somalida AQSh harbiylariga tegishli bo‘lgan vertolyot portlab ketdi, qurbonlar bor

Somalining Mogadisho shahridagi Aden-Adde xalqaro aeroportida harbiy vertolyot halokatga uchradi.

Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Vertolyot Afrika Ittifoqining Somalidagi missiyasiga (ATMIS) tegishli bo‘lgan, ayrim manbalarga ko‘ra, u AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot halokat vaqtida portlagan. Shuningdek, ko‘plab qurbonlar haqida xabar berilgan, ammo aniq raqam hali tasdiqlanmagan.

Rasmiylardan hozircha hech qanday rasmiy bayonot berilmagan.

Kiritildi: 14:30 02.07.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!