Kaliforniyaning Yolo okrugidagi pirotexnika omborida yong‘in kelib chiqqan kuchli portlash sodir bo‘ldi va evakuasiya haqida buyruq berildi.
Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Tuman sherifi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida hali ham faol yong‘inlar davom etmoqda.
"Biz barchani o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar o‘z ishlarini xavfsiz bajarishlari uchun hududdan chetlanishga chaqiramiz. Voqea joyi atrofida bir milya (1,6 km.) evakuasiya zonasi tashkil etildi", — deyiladi sherifning ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.