Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyada ochiq havoda chekish taqiqlandi

Fransiyada ochiq havoda chekish taqiqlandi

1 iyuldan Fransiyada plyajlar, istirohat bog‘lari, avtobus bekatlari va bolalar bo‘lgan muassasalar yaqinida chekish taqiqlandi, deb xabar beradi Euronews.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligining yosh avlodni himoya qilishga qaratilgan yangi siyosatining bir qismidir: "Bolalar bor joyda - tamaki yo‘q bo‘lishi kerak", - dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Katrin Votren.

Hozircha jarimalar bo‘lmasa-da, qonunbuzarlar kelajakda 135 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin. Taqiq, rasmiylarga ko‘ra, chekishni kamaytirish va madaniy o‘zgarishlarni aks ettirishga qaratilgan qadamdir: Fransiyada sigaretalar uzoq vaqtdan beri isyon, uslub va kino bilan bog‘liq. Bugungi kunda bu qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Fransiyada 75 mingga yaqin odam chekish oqibatlaridan vafot etadi. Sigaret chekuvchilar sonining, ayniqsa yoshlar orasida kamayib ketganiga qaramay, tamaki fransuz madaniyatining bir qismi bo‘lib qolyapti - va davlat buni o‘zgartirishga qaror qildi.

Kiritildi: 03:30 02.07.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!