Isroil mudofaa kuchlari raketa va uchuvchisiz samolyotlarni uchirish uchun foydalanilgan Eronning ikkita havo bazasiga zarba berdi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar g‘arbdagi Hamadon va Eron shimolidagi Tabriz aviabazasiga, shuningdek, mamlakat shimoli-g‘arbidagi "er-er" rusumli raketa uchirish maydonchasiga berilgan.
"Hujum chog‘ida Eronning o‘nlab dronlari va "er-er" rusumli raketa uchiruvchi qurilmalari yo‘q qilindi", — deyiladi xabarda.