Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Isroilni himoya qiladigan har qanday davlatning bazalariga hujum qiladi

Eron Isroilni himoya qiladigan har qanday davlatning bazalariga hujum qiladi

Eron Isroilga qarshi hujumlarini kuchaytiradi va uni himoya qilishga uringan har qanday davlatning mintaqaviy bazalarini nishonga oladi.

Bu haqda CNN telekanaliga eronlik yuqori martabali mulozim ma’lum qildi.

"Eron xalqaro qonunlarga muvofiq bu rejimga qat’iy javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, - dedi rasmiy. Rejimni Eron operasiyalaridan himoya qilishga uringan har qanday davlat, o‘z navbatida, mintaqaviy bazalari va pozisiyalarining yangi nishonga aylanishini ko‘radi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning BMTdagi doimiy vakili Isroilning Eron hududiga bergan zarbalarida AQShning ishtiroki borligini ma’lum qilgandi.

CNN amerikalik mulozimga tayanib, shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari Isroil hududiga uchirilgan Eron raketalari va dronlarini tutib olish uchun foydalanilgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, bir kun avval AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Tehronni amerikalik harbiylar va diplomatlarga qarshi qaratilgan, shuningdek, Vashingtonning mintaqadagi manfaatlariga zarar yetkazuvchi har qanday harakatlardan ogohlantirgan edi.

Kiritildi: 09:20 14.06.2025. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!