Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasi 2024 yilning noyabridan rejalashtirilgan va dastlab aprel oyining oxiriga rejalashtirilgan edi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qilgan.
"Aslida men bu buyruqni mudofaa tuzilmalari rahbariyatiga olti oydan ko‘proq vaqt oldin, 24 noyabr kuni berganman. Men uni shu yerda saqlayman", — dedi u Bosh vazirlik devonining tarqatgan videomurojaatida. Shu bilan birga Netanyaxu A4 varaqdagi hujjatni ko‘rsatdi. “Bu Eron yadro dasturini amalda yo‘q qilish buyrug‘i”, - deya tushuntirdi u.
Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, ushbu operasiyaga tayyorgarlikni boshlash to‘g‘risidagi qaror 2024 yil sentyabr oyida Livanda “Hizbulloh” partiyasi bosh kotibi Hasan Nasrulloh boshchiligidagi rahbariyat Isroil armiyasi tomonidan yo‘q qilinganidan ko‘p o‘tmay qabul qilingan. Dastlab Eronga zarbalar shu yilning aprel oyi oxirida boshlanishi rejalashtirilgan edi, dedi bosh vazir.