Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga berilgan zarbalar oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga berilgan zarbalar oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Eron shimoli-g‘arbidagi Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Isroil havo hujumlari natijasida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Eronning IRNA agentligi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yana 35 kishi jarohatlangan. Qayd etilishicha, Isroil kuchlari viloyatdagi bir nechta, jumladan Tabriz yaqinidagi kamida 7 nishonga hujum qilgan.

Viloyatda vaziyat barqaror, infratuzilma ob’ektlari me’yorida ishlayotgani, “aholiga xizmat ko‘rsatish uzluksiz davom etayotgani” ta’kidlangan.

Kiritildi: 08:00 14.06.2025. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!