Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 fevraldagi PQ–78-son qarori va 2025 yil 2 apreldagi Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori asosida quyidagi tartib joriy etildi:
✅Lisenziya, transport vositasi qayerda ro‘yxatdan o‘tganidan qat’i nazar, haydovchi tanlagan faoliyat hududi bo‘yicha beriladi.
✅Haydovchi lisenziya olib, tanlangan hududda va unga tutash hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) faoliyat yuritishi mumkin.
✅Avtomobilning davlat raqami qayerda ro‘yxatdan o‘tganiga qarab lisenziya berish shart emas.
📌Ushbu qaror kuchga kirgandan so‘ng, bugungi kunga qadar 5 196 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga boshqa hududda faoliyat yuritish huquqini beruvchi lisenziya varaqasi berilgan.